Moskvada ommaviy zaharlanish: 120 dan ortiq kishi jabrlandi
«Kuxnya na rayone» ovqat yetkazib berish xizmatidan buyurtma qilingan lobio Moskvada botulizm kasalligi avj olishini keltirib chiqardi. 50 dan ortiq zaharlanganlarning ahvoli og‘ir, 33 kishi - reanimatsiyada.
Moskvada ommaviy zaharlanish ishi bo‘yicha «Kuxnya na rayone» kompaniyasi direktori Anton Lozin qo‘lga olindi. Bu haqda 18 iyun, seshanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Lozindan tashqari, Moskva viloyatidagi ovqat tayyorlash va yetkazib berish kompaniyasi bosh direktori hamda sifat bo‘limi boshlig‘i ham ushlangan. Tergov qo‘mitasi qo‘lga olinganlarning ismi va kompaniyalar nomini ma’lum qilmadi, biroq qator OAVning huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga ko‘ra, gap «SAVON-K» MChJ bosh direktori Anatoliy Shin va «Kuxnya na rayone» sifat bo‘limi boshlig‘i Yelena Mashkova haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Tergov jarayonida yana bir jinoiy ish ochildi. Korxonaning bir necha xodimlari o‘z yashash joyida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tgani aniqlandi. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari.
Moskvada ommaviy zaharlanish: 120 dan ortiq kishi jabrlandi
14 iyundan beri Moskvada 121 kishi botulizm alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda jabrlanganlarning 55 nafari og‘ir ahvolda, 33 nafari - reanimatsiyada. Zaharlanish holatlari Nijniy Novgorod va Qozonda ham aniqlangan. Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, barcha kasallar «Kuxnya na rayone» ovqat yetkazib berish xizmatidan lobio va «Gastroport» fudmolida tunets, loviya va olmali salat buyurtma qilgan.
16 iyun kuni «Kuxnya na rayone» kompaniyasi mahsulotlarni tekshirish uchun o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi, uning Moskvadagi omborlari va oshxonalarida tintuvlar o‘tkazildi. Tergovchilar bir qator sanitariya-epidemiologiya me’yorlarining buzilishini aniqladilar va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi - «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko‘rsatish» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdilar. Buning uchun maksimal jazo - ikki yilgacha qamoq jazosi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
17:12 / 22.10.2024