Ularning ikki nafari rossiyalik va bir nafari Özbekiston fuqarosi bölgan. Rossiyaliklardan biri “Lenta” naşrining jurnalisti Inessa Papernaya ekani aytilmoqda.
Toşkentdagi mehmonxonada uç kişi halok bölgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Aniqlanişiça, 2024 yil 20 oktabr kuni Mirobod tumanida joylaşgan mehmonxonada Rossiya fuqarolari 45 yoşli Maksim Radçenko va 47 yoşli Inessa Papernaya vafot etgan.
Bundan taşqari, uşbu mehmonxonaning boşqa xonasidan joni uzilgan Özbekiston fuqarosi 48 yoşli X.U.ning jasadi topilgan.
Dastlabki sud tibbiy taşxisiga köra, marhumlarning ölimi noma’lum etiologiyali zaharlanişdan kelib çiqqan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işini qözğatilgan. Hozirda tergov xarakatlari olib borilmokda.
Ma’lumot uçun, Inessa Papernaya Rossiyaning “Lenta” naşri jurnalisti hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, 20 oktyabr kuni unga poçta jönatmasi kelgan. Mehmonxona xodimlari ayol yotgan xonaga qönğiroq qilişganda heç kim javob bermagan. Şundan söng xodimlar xonaga kirişgan va u yerda Inessa va Maksimning jonsiz tanasiga duç kelişgan.










