Jamiyat | 15:35 / 18.06.2020
12759
1 daqiqa o‘qiladi

«Ta'mirlandi, deyilgan xonadonlar ta'mirlanmagan bo‘lib chiqmoqda» – Botir Parpiyev «Obod xonadon» tamoyili bo‘yicha ishlardagi kamchiliklarni aytdi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev «Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon» tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni sanab o‘tdi. U mazkur tamoyil asosida mahallalarda ta'mirlanishi kerak bo‘lgan uylarni obod qilishda sustkashilikka yo‘l qo‘yilayotganini qayd etgan.

Foto: mahallakengashi.uz

«Rejaga muvofiq, bir kunda bitta mahallada bitta xonadon ta'mirlab borilsa, respublika bo‘yicha bir kunda 9145ta xonadon ta'mirlanishi kerak edi. Ammo 10 iyundan 16 iyunga qadar 13984ta xonadon ta'mirlangan, xolos.

Bu raqamlar Toshkent shahrida 38ta, Qashqadaryo viloyatida 72ta, Sirdaryoda 141ta, Surxondaryoda 360ta, Jizzaxda 411tani tashkil etadi.

Ta'mirlangan, deb ma'lumot berilgan ba'zi xonadonlar ta'mirlanmagan bo‘lib chiqmoqda», dedi u Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining videoselektor yig‘ilishida.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida 3484 nafar ishsiz fuqaro aniqlangan bo‘lib, ulardan 353 nafari ishga joylashtirilgan, 50 nafariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olib berishda, 259 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashilgan, 37 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.

Mavzuga oid