Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning sobiq birinçi örinbosari Abdusalom Yöldoşev boşliq jinoiy guruhga qarşi iş oçilgan va ayni vaqtda guruh a'zolariga qarşi tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bugun Xalqaro press-klubda bölib ötgan sessiyada jurnalist Boş prokuratura vakilidan Davlat Soliq Qömitasining sobiq rahbarlari, xususan, sobiq rais Botir Parpiyevga qarşi jinoiy iş böyiça ma'lumot söragan.
Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev öz javobida sobiq rais haqida töxtalmagan.
«Soliq qömitasining sobiq rahbarlari böyiça oçilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etmoqda. Sobiq raisning sobiq birinçi örinbosari Abdusalom Yöldoşev boşçiligidagi guruh tergov qilinmoqda.
Tergov jarayonining qonun bilan belgilangan öziga yaraşa mezonlari, öziga yaraşa axborot beriş ölçamlari mavjud. Şu mezonlar doirasida axborot berib boriladi. Bor ma'lumotlar Boş prokuratura va Oliy sud matbuot xizmatlari orqali ma'lumotlar beriladi», deya Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan, 2004 yildan Davlat Soliq qömitasiga rahbarlik qilgan Botir Parpiyev 2018 yilning 11 mayida işdan olingandi. U lavozimdan ozod etilişi bilan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşi raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosariga aylangandi.
2012 yilning fevralidan 2018 yil boşigaça Botir Parpiyevning birinçi örinbosari lavozimida işlagan, joriy yilning yanvar oyi oxirida Qaşqadaryo viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga ötkazilgan Abdusalom Yöldoşev 28 may kuni qölga olingan va Farğona vodiysi viloyatlaridan biri orqali Toşkentga keltirilgandi.
May oyi oxirida ötkazilgan videoselektor yiğilişida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Botir Parpiyevni nega işdan olganiga izoh bera turib, «soliq tizimida ham köp öyinlar bölgani» haqida gapirgan va «aniqlangan barça ma'lumotlar xalqqa yetkazilişi»ni

















