Bugun, 19 fevral kuni, Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan yiğilişda yangi taşkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir örinbosarlari tayinlandi.
Kun.uz manbasi tasdiqlaşiça, Fuqarolarni özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaş raisining keksalar va faxriy masalalari böyiça örinbosari Botir Parpiyev yangi vazirlikda vazir örinbosari lavozimini egallagan.
Ma'lumot uçun, u 1990-yillarda içki işlar tizimida işlagan, 1998-2002 yillarda Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigaça – Özbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisi bölib işlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan.
2004 yildan Davlat soliq qömitasi raisi lavozimida işlagan Botir Parpiyev 2018 yilning mayida lavozimidan ozod etilgan, keyinroq «Mahalla» kengaşi raisi örinbosari lavozimida işlay boşlagandi.
Eslatib ötamiz, «Mahalla» kengaşi raisi Rahmat Mamatov Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullangan, Içki işlar vaziri örinbosari Aziz Ikromov esa öz lavozimini saqlab qolgan holda vazir örinbosari lavozimiga tayinlangan.












