Toshkentda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani mashina urib ketdi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 3 iyun kuni soat 13:55 larda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan N.K. “Kobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1998 yilda tug‘ilgan D.X.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda D.X. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Shu o‘rinda, piyodalardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda doimo yo‘lning belgilangan qismlaridan kesib o‘tishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid
09:53 / 25.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
12:14 / 01.08.2024
Poytaxtda 25 ta yerusti piyodalar o‘tish joylari quriladi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024