Rossiyaning Volgograd oblastida yuk maşinasi bilan töqnaşuvdan keyin Qozon — Adler yönalişidagi yölovçi poyezdning sakkizta vagoni izdan çiqib ketdi. Bu haqda Rossiya temiryöllari xabar bermoqda.

«Bugun soat 12:35 da Volgograd oblasti hududida Gremyaçaya — Kotelnikovo peregonida KAMAZ yuk avtomobili haydovçisi temiryöl kesişmasiga çiqib ketdi va yöldan ötayotgan Qozon — Adler yönalişidagi 491-sonli poyezd bilan töqnaşdi. Natijada yölovçi poyezdning sakkizta vagoni izdan çiqib ketişi holati kuzatilgan», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, haydovçi «signalizatsiya işlayotganiga qaramay yaqinlaşib qolgan poyezd oldiga» çiqib kelgan. Mash manbasi yozişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, u daraxtlar tufayli poyezdni körmay qolgan.

TASS regionning soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib xabar qilişiça, beş kişi «qoniqarli» ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. «Interfaks» agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib yozişiça, yölovçi poyezdning 100 ga yaqin yölovçisi tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan.

Keyinroq Rossiya temiryöllari töqnaşuv oqibatida 150 kişi jarohatlangani, şundan 16 kişi şifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Şifoxonaga yotqizilganlardan 13 nafari katta yoşli yölovçilar, bir nafari yoş bola, yana ikki nafari bort kuzatuvçilari. Yana 140 nafarga yaqin kişida yengil tiliniş va kökarişlar qayd etilgan.

Öz navbatida, IIV yuk maşinasi haydovçisi şifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan.

Mazkur uçastkada poyezdlar harakati töxtatilgan. FVV xabariga köra, avariya oqibatlarini bartaraf etişda 320 dan ortiq kişi va 100 ta texnika iştirok etmoqda.

Poyezdda jami 800 ga yaqin kişi ketayotgan bölgan.