18:40 / 19.10.2018
76515

O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

2018 yilning 19 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:27da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila episentri Tojikiston hududida, poytaxt Dushanbedan 450 km sharqda, Mug‘rob yaqinida joylashgan.

Zilzila magnitudasi M=5,3, chuqurligi N=108 km.

Zilzila kuchi Toshkent shahrida taxminan 2,5 ballni tashkil etgan.

Respublikaning sharqiy hududlarida, Farg‘ona vodiysida ham zilzila kuchini sezishgan.

Top