Jahon | 09:58 / 29.08.2017
20870
1 daqiqa o‘qiladi

Rus tilida gaplashadiganlar borgan sari kamayib bormoqda

Foto: ling.hse.ru

Jahon bo‘ylab so‘nggi chorak asr mobaynida rus tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million kishiga kamaygan. Bu haqda «Exo Moskvy» radiosi xabar bermoqda.

«Bu tendensiya davom etmoqda», — degan Rossiya Davlat Dumasining ta'lim bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Vyacheslav Nikonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda jahon bo‘ylab 300 millionga yaqin kishi rus tilida so‘zlashadi.

«Rus tili hozircha ta'lim tizimining bir qismi bo‘lgan joylardagina saqlanib turibdi», — degan u.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов

Mavzuga oid