O‘zbekiston | 17:48 / 06.06.2018
22610
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlari safida o‘zgarish bo‘ldi

Qashqadaryo  viloyat hokimi o‘rinbosarlari safida o‘zgarish kuzatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Ilgari  Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Sirojiddin Olmasovich Azizov viloyat hokimligiga o‘tkazilgan.

Sirojiddin Olmasovich Azizov

Ma'lumotlarga ko‘ra, u viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid