«Namanganda ham elatimiz bor, bir e'tibor qaratsangiz» - Yerniyazov vasiyat qilgan mahalla obodonlashtirilyapti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sobiq raisi, marhum Musa Yerniyazov o‘limi oldidan davlat rahbariga Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yashovchi qoraqalpoqlarga e'tibor qaratishni iltimos qilgan.
Namangan viloyati Mingbuloq tumanining Qolgandaryo, Momoxon mahallalari va ularga tutash hududlarda qoraqalpoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
Ularning ajdodlari bundan uch asr avval Orol atrofidagi yerlardan ko‘chib kelgan.
Daryo bo‘yiga o‘rnashgan aholi ko‘chib kelganiga uzoq vaqt bo‘lgani sabab ota yurtidagi qarindosh-urug‘lar bilan aloqalar uzilib qolgan.
Qolgandaryolik faxriy o‘qituvchi Mamitali Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qoraqalpoqcha gapirish ancha muomaladan chiqib qolgan. Ko‘pchilikning pasportiga «o‘zbek» deb yozilgan. «Qoraqalpoq» deb yozilganlari ham bor.
Qolgandaryo mahallasi raisi Obidjon Fozilovning so‘zlariga ko‘ra, Jo‘qorg‘i Kengesining marhum raisi Musa Yerniyazov davlat rahbariga aynan shu hududlarni obod qilish bo‘yicha murojaat qilgan. Ayni paytda hudud «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan va obodonlashtirish boshlangan.
Musa Erniyazovning mingbuloqlik qoraqalpoqlar haqidagi gapi davlat maslahatchisi Tursunxo‘ja Xudeyberganov mahalla hududiga tashrifi davomida ham aytib o‘tilgan.
Hozirda Qolgandaryoda «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 10 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga qishloqda infratuzilmani yaxshilash, mahalla binosini ta'mirlash va boshqa ishlar qilinyapti.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024