O‘zbekiston | 15:28 / 17.08.2021
38582
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi

Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham, 6 kun ishlaydiganlar ham ketma-ket 5 kun – 1-5 sentyabr kunlari dam oladi.

Foto: Depositphotos

Dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risidagi prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 2 va 3 sentyabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan. Shuningdek, 4 sentyabr barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kuni hisoblanadi va bu uchun boshqa kuni ishlab berish shart bo‘lmaydi.

Shu tariqa, 2021 yilda ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun 1 sentyabrdan 5 sentyabrgacha ketma-ket 5 kun dam olish kuni hisoblanadi.

Budjet tashkilotlarida 2021 yil 2 va 3 sentyabrdagi qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Xodimlarga mehnat ta'tili uchun to‘liq haq to‘lanadi.

Mavzuga oid