O‘zbekiston | 14:49 / 13.12.2023
79302
1 daqiqa o‘qiladi

Yil oxiri va yangi yil boshida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar joriy yil oxiri va yangi yil avvalida qatorasiga uch kun – 30-31 dekabr va 1 yanvar kunlari dam olishadi.

Foto: Getty Images

Prezident farmoni bilan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2023 yil 30 dekabr – shanba qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shu bois bu xodimlar yil yakunida 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar kabi dam olishadi.

1 yanvar esa, mehnat qonunchiligiga muvofiq, barcha xodimlar uchun ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Yangi 2024 yil avvalidagi ish va dam olish kunlari o‘zgarishi mumkin. Bu – “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingach ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yildagi sanalar uchun bunday farmon o‘tgan yilning 23 dekabrida imzolangandi.

Mavzuga oid