Henri Fordning dadil qadami

19-asrning ikkinçi yarmiga kelib Ğarbda sanoat inqilobi yuz bera boşlagandi. Yirik zavod va fabrikalarda işçilarining ahvoli qiyin va mehnati oğir edi. Bu davrda işçilar köpinça hafta davomida har kuni 15-16 soat davomida işlardi. Dam oliş kunlari, agar ular mavjud bölsa ham, köpinça faqat yakşanba kuniga berilgan va bu kun asosan diniy rasm-rusumlarni ado etib oliş uçun ajratilgan.

Haftasiga 2 kun dam oliş tizimi 19-asrda sanoat inqilobi davrida keng tarqaldi. Henri Ford va uning kompaniyasi, Ford Motor Company 1926 yil 1 may kuni şanba va yakşanbani dam oliş kuni sifatida belgilab, beş kunlik iş haftasini joriy qilgan. Bu harakat jamiyatdagi umumiy qabul qilingan normalarga qarşi çiqiş bölsa-da, işçilarning işga sodiqligini va ularning iş beruvçiga bölgan hurmatini oşirgan. Şu bilan birga, Fordning işçilari boşqalardan ança köp oylik ham olişardi. Öşa vaqtda boşqa kompaniyalar işçilariga kunlik minimal iş haqi sifatida 2,34 dollar tölaşayotgan bir paytda, Ford öz işçilariga 5 dollar tölagan. Bu esa standart minimal iş haqidan 2 baravar köp edi.

Amerikada 1920 yillarda iş haftasini qisqartiriş uçun köplab iş taşlaşlar va işçilar harakati bölib ötgan. Masalan, 1919 yilda politsiyaçilar va kömir koni işçilari iş taşlagan, bu esa iş şaroitlari va iş haqi yaxşilanişiga olib kelgan. Şuningdek, standart beş kunlik iş haftasining joriy etilişiga ham ta’sir qilgan. Fordning qarori esa iş vaqti va dam oliş kunlarini qisqartiriş böyiça global özgarişlarga turtki bölib, keyinçalik köplab kompaniyalar tomonidan qabul qilingan voqea sifatida tarixda qoldi.

Yaponiyada uzoq işlaş ölimga sabab bölyapti

Dam olişning tibbiy va ruhiy jihatdan foydali ekanligi köpçilikka ma’lum. Dam jismoniy va ruhiy çarçoqni kamaytiriş, stress darajasini pasaytiriş va şaxsiy hayot bilan iş örtasidagi muvozanatni saqlaşda katta rol öynaydi. Buni Yaponiyadagi iş soatlari sabab bölayotgan ölimlar statiskasiga qarab ham biliş mumkin. Yaponlar uzoq vaqt davomida haddan taşqari işlaşdan paydo böladigan zöriqiş natijasidagi ölimni “karoşi” deb ataydi. 2022 yilda Yaponiyada karoşi sabab öz joniga qasd qiliş oqibatida jami 2968 kişi halok bölgan. Bu 2021 yildagidan 1935 nafarga köp. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, karoşi iş vaqti bilan boğliq holat. Yaponiyada erkaklarning 10,1 foizi haftasiga kamida 60 soat işlasa, ayollarning 4,2 foizi haftasiga 60 soatdan oşiq işlaydi.