Namanganda sobiq sudya yordamchisi 700 dollar bilan qo‘lga tushdi
JIB Namangan shahar sudi vakili “yengillik qilib berish uchun” 700 dollar olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, JIB Namangan shahar sudida ishi ko‘rilayotgan sudlanuvchi M.O.ning otasi J.K.ga o‘zini sudya yordamchisi deb tanishtirgan shaxs taklif bilan chiqib, ish bo‘yicha “yengillik berish” evaziga 1000 dollar so‘ragan. Sudlanuvchining qarindoshi 700 dollar berishini aytgan va shuncha summaga kelishuv bo‘lgan.
Shundan so‘ng, sudlanuvchining qarindoshi holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. J.K. o‘z arizasida o‘zini sudya yordamchisi deb tanishtirgan shaxs sud majlisida ishtirok etganini, sud majlisi tugaganidan so‘ng, uning oldiga kelib pul tama qilganini ma’lum qilgan.
Arizaga asosan 2022 yil 2 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda sobiq sudya yordamchisi M.M. JIB Namangan shahar sudida faoliyat yurituvchi yuqori lavozimdagi tanishlari orqali sudlanuvchiga nisbatan “yengillik berish” evaziga 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan. Shu jarayonda tezkor tadbir o‘tkazilayotganidan xabar topgan M.M. tezkor tadbir ishtirokchilariga qarshilik ko‘rsatib, boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomobilida voqea joyidan qochgan. Keyinroq u ushlangan.
Tezkor tadbirda foydalanilgan 7 dona 100 dollarlik kupyuralar xolislar ishtirokida olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, M.M. JIB Namangan shahar sudida 2019 yil yanvaridan 2021 yil yanvariga qadar sudya yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat bo‘yicha M.M.ga nisbatan JKning 25,168-moddasi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga suiqasd qilish) 1-qismi va 28,211-moddasi (davlat organi mansabdor shaxsiga pora berishga dalolat qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
17:35 / 11.11.2024