Eng arzon go‘sht qayerda? Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 23 iyun kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 38 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)
1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (38 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (65 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)
1 kg qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatilgan.
Kartoshka 1 000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)
1 kg kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori»da qayd etilgan (1 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 500 so‘m) kuzatilgan.
Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)
1 kg piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (750 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).
Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)
1 kg sabzi mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 500 so‘m) kuzatilgan.
Tuxum 5 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)
10 dona tuxum mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etilgan (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).
Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
1 kg guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)
1 litr o‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) qayd etilgan.
Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)
1 kg shakar mahsulotining minimal narxi Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da, Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

16:53 / 24.03.2025
Yer aholisi taxmin qilinganidan bir necha milliard ko‘proq bo‘lishi mumkin – tadqiqot

13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi

12:42 / 18.03.2025