Jamiyat | 07:53 / 28.05.2024
10918
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda Gentra yonib ketdi

Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilariga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.

Foto: YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Gentra to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi

Holat 27 may kuni soat taxminan 13:30 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 62-kilometrida (aholi yashash joyidan tashqari) sodir bo‘lgan. 

Haydovchi - 2002 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi A.K. boshqaruvidagi Gentra’da qisqa tutashuv bo‘lgan (avtomobilning yonilg‘i turi benzin). 

Shu sababli yong‘in yuzaga kelgan. Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan. 

Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.

Mavzuga oid