26 avgust kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti DXX, Boş prokuratura iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda Toşkent viloyati Qibray tumanida tezkor tadbir ötkazdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbirda Böstonliq tumanidagi Yakkatut mahallasidan 3,5 gektar hokimlik zaxirasidagi yer maydonini «auksion öyinlari» yordamida olib berişni va’da qilgan şaxs uşlandi. U hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 1,5 million dollar talab qilib, şundan bönak sifatida 50 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Yana bir holatda Qibray tumanida yaşovçi ikki fuqaro Böstonliq tumani davlat zaxirasidagi 1,2 gektar qişloq xöjaligi ekin yer maydonini 384 ming dollarga sotişga kelişgan. Ular yuqori lavozimda işlaydigan tanişlari orqali yerni rasmiylaştirib berişni va’da qilib, 20 ming dollarni bönak tarzida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
IIVning ma’lum qilişiça, har ikki holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.








