Böstonliq tumanida toğ eçkisini ovlagan şaxs uşlandi. Bu haqda Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, viloyat Ekologiya boşqarmasi inspektorlari tomonidan Böstonliq tumani Burçmullo davlat Örmon xöjaligi Pskom bölimi Qoronği Töqay hududida reyd tadbiri ötkazilgan.

Tadbir davomida 1989 yilda Böstonliq tumanida tuğilgan fuqaro T.B. heç qanday ruxsatnomasiz öziga tegişli bölgan ov quroli yordamida 1 boş toğ eçkisini ovlaganligi aniqlangan. U bu qilmişi orqali tabiatga 16 mln 875 ming söm miqdorida zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Tegişli hujjatlar sudga yuborilgan. Ov quroli esa saqlaş uçun Böstonliq tumani IIBga topşirilgan.

Oldinroq Qoraqalpoğistonda Buxoro buğusini noqonuniy ovlagan brakoner 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.