Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur "Qamoqdan qochish" seriali 2017 yilda yana ekranlarga qaytadi
Internetda mashhur "Qamoqdan qochish" amerika serialining davomi tizeri paydo bo‘ldi. Tizerga serial davomining ilk lavhalaridan tashqari aktyorlarning izohlari ham kiritilgan.
Rolikdan ma'lum bo‘lishicha, serialning bosh qahramoni Maykl Skofild hali ham hayot bo‘lib, Yamandagi turmada saqlanayotgan bo‘ladi. Serialning avvalgi qismida uning o‘lgani ma'lum qilingandi. Bosh rollar ijrochilarining aytishicha, bu gal bosh qahramonlar nafaqat turmadan, balki butun davlatdan qochishlariga to‘g‘ri keladi. Serialda shuningdek birinchi marta IShID mavzusi ham paydo bo‘ladi.
Serialning yangi mavsumi premerasi 2017 yilga belgilangan. Serial 2009 yilda tugatilgandi, biroq yaqinda Fox telekanali serial Netflix onlayn-kinoteatrida juda ommabopligini aniqlagach, uni "Maxfiy hujjatlar" ("Sekretnyye materialy") va "24 soat" ("24 chasa") seriallari kabi davom ettirishga qaror qilgan.