Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston doimiy aholisi soni ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 oktabr holatiga 33,7 mln kishini tashkil etdi. Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur'ati 1,9 foizga teng bo‘ldi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatganki, 2019 yil 1 oktabr holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 %ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 %ni va Andijon viloyatida 9,2 %ni tashkil etgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,5 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,1 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,4 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2019 yilning yanvar-sentabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 477,5 ming kishini tashkil etib, 2018 yil mos davriga nisbatan 36,7 ming kishiga (2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 440,8 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan.
Mavzuga oid
12:24
O‘zbekistondan chinni eng ko‘p Qozog‘iston va Afg‘onistonga sotilyapti
10:43
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
08:43
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
15:27 / 16.12.2025