O‘zbekiston | 12:45 / 15.01.2019
21590
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ukrainaga mevalar eksportini keskin oshirdi, ammo uzoq yo‘l muammolar keltirib chiqaryapti

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Ukrainaga meva eksportini keskin oshirdi, deyiladi EasyFruit tahliliy portali saytida.

Mamlakat Ukrainaga meva yetkazib beruvchi eng yirik o‘n beshta davlat ro‘yxatiga kirdi. Umuman olganda, Ukraina meva importchilari O‘zbekistondan 6 million dollarlik mahsulot sotib oldi.

O‘zbekistondan Ukrainaga yetkazib berilgan asosiy mahsulotga mayiz aylandi. Uning 2018 yilda yetkazib berish hajmi bir yarim barobarga oshdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda ham quritilgan mevalar joylashdi: olxo‘ri va turshak.

Agar eng katta o‘sish qayd etilgan mevalar bo‘yicha tahlil qilinsa, unda yangi o‘rikni alohida ta'kidlash lozim. O‘zbekistondan Ukraina bozoriga uning eksporti qariyb 14 barobar oshdi - 168 ming tonnaga yoki 240 ming dollar. Shuningdek, O‘zbekistondan uzum yetkazib berish keskin ravishda - sakkiz barobarga oshdi.

Shunga qaramay, chakana biznes vakillari so‘ziga ko‘ra, ushbu turdagi mahsulotlarni yetkazib berish tajribasi uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan - uzoq yo‘ldan keyin uzum va o‘rik sifatiga shikoyatlar bo‘lgan, ular Yevropa ittifoqi va Turkiyadan yetkazib berilgan mahsulotlar bilan solishtirganda narx raqobatida yutqazgan.

Mavzuga oid