O‘zbekiston | 09:00 / 11.10.2023
37790
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Shimoliy Amerika bo‘ylab logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi Phoenix Cargo kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga qabul qiladi

Foto: Phoenix Cargo

Phoenix Cargo ko‘p yillik faoliyati davomida dunyoning yirik kompaniyalariga logistika xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, General Electric, Ford Motors, Honda Motors, Home Depot, Amazon.com va ko‘plab nufuzli kompaniyalar Phoenix Cargoʼning doimiy mijozlari sanaladi. 

Kompaniya o‘zbekistonlik tadbirkor tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning o‘sib borayotgan iqtisodiyotini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishga hissa qo‘shishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu munosabat bilan, 2018 yildan buyon Phoenix Cargo Toshkentda joylashgan o‘z ofisi uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratib kelmoqda. 

Toshkentdagi ofisda mehnat qilayotgan xodimlar Kompaniyaning barcha bo‘limlarida kundalik ish faoliyatni jadal olib borishda eng katta kuch hisoblanadi. Hozirda bizning xodimlarimiz soni 200 ga yaqin kishidan iborat bo‘lib, 2025 yilgacha jamoamiz a’zolarini 500 nafarga yetkazishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Phoenix Cargo ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar va bitiruvchilarni ishga qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Biz iste’dodlarni kashf qilish tarafdorimiz. Yoshlarga zarur ish ko‘nikmalarini egallashlari va kompaniyamizda o‘sishlari uchun keng imkoniyatlar yaratamiz.

Yangi nomzodlar uchun ish haqining tuzilishi va oshish tartibi: 

Talabalar uchun boshlang‘ich ish haqi 4 000 000 so‘mni tashkil etadi, oylik maosh 3 oydan 5 oygacha bo‘lgan muddat davomida har oy 600 000 so‘m miqdorida oshib boradi. 

OTMni bitirgan nomzodlar uchun esa oylik maosh 6 000 000 so‘mdan boshlanadi va dispetcherlik lavozimiga ko‘tarilgunga qadar bu maosh doimiy saqlanib qoladi. Barcha nomzodlar 4 oy ichida dispetcherlik lavozimiga ko‘tarilishlari ko‘zda tutilgan. Dispetcherlar oyiga o‘rtacha 30 000 000 so‘mdan ko‘proq maosh oladi. 

Phoenix Cargo logistika sohasida ish tajribasiga ega bo‘lmagan nomzodlarni ishga qabul qiladi va yangi xodimlar zaruriy ish ko‘nikmalarini egallashlari uchun muhim treninglarni tashkil etadi. Bu Amerika biznes atmosferasida ishlashga intilganlar uchun ajoyib imkoniyatdir, chunki nomzodlar nafaqat shaxsiy ko‘nikmalarini o‘stiradilar, balki moliyaviy barqarorlikka ham ega bo‘ladi. 

Nomzodlar Phoenix Cargo kompaniyasi jamoasiga qo‘shilishlari orqali quyida keltirilgan yutuqlarga ega bo‘ladi.

Shaxsiy ko‘nikmalar:

⦁ Samarali muloqot orqali qobiliyatingiz rivojlanadi

⦁ Katta mas’uliyat talab qiladigan vazifalarni boshqara oladigan insonga aylanasiz. 

⦁ Muzokaralar olib borish va sotish qobiliyatingiz oshadi.

⦁ Odamlarni boshqarish sirlari haqida tushunchaga ega bo‘lasiz.

⦁ Liderlik fazilatlaringiz shakllanadi.

⦁ Jamoada ishlash va loyihalarda hamkorlik qilish ko‘nikmangiz rivojlanadi

⦁ Loyihani boshqarish (PM)da ishtirok etish imkoniyatingiz bo‘ladi.

Formani to‘ldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz: https://forms.monday.com/forms/dafecac56aba1f3efeff21f6473e4788?r=use1

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid