Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch egizakning bolalikdan xotira bo‘lib qoladigan suratlari
Lyusiya Staykov — Avstraliyaning Adelaida shahrida yashovchi fotosuratchi va olti nafar farzandning onasi. Uning katta o‘g‘li, o‘g‘il egizaklari va uch egizak qizi bor. U uch egizakni katta qilish qanday ekanini ajoyib suratlar orqali ta'riflab berishga qaror qildi.
U olgan suratlarga qarasangiz, qanday chiroyli suratlar bolalarning yoshlik yillaridan xotira bo‘lib esdalik bo‘lib qolishiga amin bo‘lasiz.
«Uch egizakli bo‘lish — Xudoning in'omidir! Har bir soniya juda qiyinchilik bilan kechadi, lekin hissiyotlar bunga arziydi. Egizaklarni katta qilishda qiyinchiliklar aniq uchraydi. Biroq ularni chetlab o‘ta olmaysiz. Men olti farzand bilan shug‘ullanuvchi onaman: o‘g‘il, o‘g‘il-egizaklar va qiz-egizaklar. Ha, aynan shunday tartibda», — deb hikoya qiladi Lyusiya.
«Biz uch egizak qizimiz bo‘lishini bilganimizda, juda quvondik va bunga ishonmadik. Chunki bizning uch o‘g‘limiz bor edi. Men o‘zimning birinchi kameram bilan uch yil avval suratga olishni boshlagan edim. Men bu ishni boshlaganimdan xursandman. Endi menda farzandlarim qanday katta bo‘lganini aks ettiruvchi ajoyib suratlar mavjud».
«Biz bir umrga ahil dugonalar bo‘lib qolamiz».

«Biz bir-birimizga ipsiz bog‘langanmiz».

«Ota-onamiz bizlarni bir xil yaxshi ko‘rishadi. Biz ular uchun sevimlimiz».

«Ba'zan… Men shunchaki o‘zimning alohida tug‘ilgan kunim bo‘lishini istab qolaman».

«Hayotni bir-birimizsiz tasavvur eta olmaymiz».

«Ularni farqlay olasizmi?»

«Biz har doim ham bir xil kiyinmaymiz».

«Ha, onamizning qo‘li hech ham bo‘sh bo‘lmaydi».

«O‘zaro bellashasizmi? Albatta».

Har birimizning o‘z xarakterimiz bor.

«Ba'zida ko‘proq e'tibor talab etamiz, lekin buning o‘ziga yarasha zavqi ham bor».

«Shubhasiz, biz haqiqiymiz. Siz qayerdadir sun'iy uch egizakni ko‘rganmisiz?»

«Biz bilan zerikib qolmaysiz».

«Biz bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz. Biroq, hamma qatori tortishib ham turamiz».

«Bir-birimizning fikrlarimizni o‘qiy olmaymiz».

«Onamizning qo‘lini galma-gal ushlashimizga to‘g‘ri keladi».

«Ba'zan ajralib turish uchun harakat qilishga to‘g‘ri keladi».

«Yo‘q, biz — uch muammo emasmiz, biz uch — mo‘'jizamiz».

«Biz birga vaqt o‘tkazishni xush ko‘ramiz».

«Bizning aravamiz hech qachon bir eshikka sig‘maydi».
