Bizda bir odat bor. Oldindan ma'lum bölib turgan muammolarga töppa-töğri özimizni borib uramiz. Zarbalarni kutilmagan joydan emas, aynan kutilgan joydan qabul qilamiz. Bu xuddi rahmatli Hojiboy Tojiboyevning «borma kuyasan, borma kuyasan... ana, kuydiiiing» degan latifasiga öxşab ketadi.

Joriy yilgi qabul jarayonlaridagi navbatlar va ur-yiqitlar oldindan ma'lum edi. Ammo hamma bilib turgan muammoning oldi olinmadi, aksinça, kimlarningdir beparvoligi, mas'ul taşkilotlar örtasidagi özaro ziddiyatlar, körpani hamma öziga tortişi ortidan muammo kölami oşsa oşdiki, lekin kamaymadi.

Kutilgan muammo nimada edi?

Qabul jarayonlaridagi navbatlar yangilik emas. Har yili aynan şunaqa muammo böladi. Har yili katta navbatda turgan abituriyentlar, issiqda qiynalgan ota-onalar haqidagi hikoyalar çiqadi. Aslida, bu juda hayron qolarli holat emas.

Lekin joriy yilda muammo oldingilardan ham katta edi. Çunki uşbu yilda ilk marta kollej/litsey bitiruvçilari bilan bir qatorda maktabning 11-sinf öquvçilari ham hujjat topşirişmoqda. Ötgan yili 800 ming atrofida abituriyent topşirgan bölsa, joriy yilda 1 mln 200 mingdan ortiq talabgor kutilmoqda.

Bu juda katta raqam. Bunça abituriyentlarning ma'lumotlarini qabul qiliş va qayta işlaş hazilakam iş emas. Boz ustiga uşbu yilda ilk marta abituriyentlarga uçta yönalişga hujjat topşiriş imkoniyati berilgani ham jarayonlarni yanada oğirlaştirişi aniq edi.

Şuningdek, uşbu yildan boşlab ötgan yilgi abituriyentlardan tölov qabul qiliş tizimi joriy etildi. Mana şu faktor ham jarayonlarni sekinlaştirişi va bank kassalarida turnaqator navbatlarni paydo qilişi oldindan aniq edi.

Muammoga qanday yeçim taklif etildi va yakunda nima böldi?

Vijdonan aytiş kerak, mas'ullar muammolarga jimgina qarab turdi, desak, adolatdan bölmaydi. Davlat test markazi, Davlat xizmatlari agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar qabul jarayonini namunali taşkil etişga oid loyihalarni taklif etişdi. Ular quyidagi bir neçta yeçimlarni öylab körişdi:

Birinçidan, hujjatlarni 200 dan ortiq şahar va tumanlardagi davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qiliş rejasi e'lon qilindi. Bunda abituriyentlar oqimini tumanlar kesimida 200 ga bölib yuborib, navbatlarni birmunça kamaytiriş va qulaylik yaratişni öylaşdi. Masalan, loyihaga binoan Navoiyning çekkasidagi Tomdi tumani yoşlari öz tumanidan çiqmasdan (!) hujjat topşirişi mumkin bölardi.