Samarqanddagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqalgan. Holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, holat tasdiqlangan va bog‘cha mutasaddilarining xatti-harakatlariga huquqni muhofaza qilish boshqarmasi qonuniy baho beradi.
Ma'lum qilinishicha, Paxtachi tuman Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. pishirilgan 4,7 kilogramm go‘shtni olib avval kirxonaga yashirib qo‘ygan. So‘ng uni bog‘chaning xo‘jalik mudirasi M.E.ga bergan.
Xo‘jalik mudirasi M.E. 4,7 kilogramm pishirilgan go‘shtni bog‘cha hovlisidan olib chiqib ketayotganda shu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan N.N hamda M.U tomonidan to‘xtatib qolingan va holat video va audio shaklda yozib olingan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. hamda xo‘jalik mudirasi M.E. bilan suhbat o‘tkazilganda ular 28-bog‘cha direktori Sh.U.ning topshirig‘i va ko‘rsatmasiga anchadan buyon go‘sht o‘g‘irlashlarini aytishgan. Ular bog‘cha tarbiyachilari N.N hamda M. U.ning aytgan gaplarni va ular tomonidan olingan video va audio yozuvlardagi lavhalar to‘g‘ri ekanini o‘z tushuntirish xatlarida tasdiqlagan.
Ta'kidlanishicha, hozirda 28-bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
«28-maktabgacha ta'lim tashkilotidagi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi mutasaddi tashkilotlar tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

12:12 / 06.03.2025