O‘zbekiston | 11:11 / 25.07.2025
2565
2 daqiqa o‘qiladi

KHAYning Beshqayrag‘och-Beruniy qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari kesishmalari o‘rtasidagi bir tomonlama yo‘nalish qismi yana yopiladi. 

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi

Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismida 25 iyul soat 15:00 dan 28 iyul soat 06:00 gacha transportlar harakati cheklanadi. 

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali vaqtincha o‘zgartirilgan tartibda harakatlanadi:

34-sonli avtobus Chilonzor metro bekati - Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

64-sonli avtobus Birlik mavzesi - Paxtakor metro bekati yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon ko‘chalari orqali harakatlanadi.

87-sonli avtobus Chilonzor 30-daha - Qora Qamish 2/4 mavzesi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

116-sonli avtobus Chilonzor buyum bozori - Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

131-sonli avtobus Do‘stlik-2 mavzesi - Olimpiya mehmonxonasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

147-sonli avtobus Chinni bozori - Chorsu savdo markazi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Avtobuslarning qaytish yo‘nalishlari o‘zgarishsiz qoldi.

Mavzuga oid