Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–371-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

3-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi – o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:

«ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan shaxs – alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan yoki ruhiy holati buzilgan yoxud huquqbuzarlik sodir etayotgan shaxs;

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila – ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan shaxs tomonidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, xotini (eri)ga, voyaga yetmagan yoxud voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz farzandlariga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan, ularning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan yoki o‘z farzandlarini ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan shaxs yashayotgan oila;

yakka tartibdagi profilaktika ishi – ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan shaxslar va oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan shaxslarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat».

8-modda:

beshinchi xatboshidagi «muassasalar» degan so‘zdan keyin «hamda fuqarolik jamiyati institutlarining» degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

«Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi»;

oltinchi xatboshi tegishincha yettinchi xatboshi deb hisoblanadi.

9-modda:

to‘rtinchi xatboshidagi «Milliy» degan so‘z «Davlat» degan so‘z bilan almashtiriladi;