Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq huquqbuzarligi bo‘yicha eng ko‘p qanday murojaat kelib tushayotgani aytildi
Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 17 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan.
«Fiskal tahlillar» kanali xabariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-fevral oylarida «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 17 859 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 16 646 tasi xarid cheki bermaslik;
- 799 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 35 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 399 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 7 703 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 4 288 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,4 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga yanvar fevral oylarida 5 177 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 3,5 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026