Jamiyat | 12:56 / 24.11.2016
11616
2 daqiqa o‘qiladi

86-yoshli erkak to‘qishni o‘rganib, chaqaloqlar uchun mitti qalpoqchalar to‘qiy boshladi

Ilm va hunar o‘rganish uchun hech qachon kech emas, deyishadi. 86-yoshli Ed Mozli buning yaqqol isboti.

U mahalliy qariyalarga mo‘ljallangan pansionatda muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mitti qalpoqchalar to‘qishi haqida xabar topgach, u bunda albatta ishtirok etishi kerakligini tushunib yetdi.

“Men umrim bino bo‘lib biron narsa to‘qimaganman”, - aytib o‘tdi Ed The Inside Edition nashriga.

Biroq, u barcha qiyinchiliklarga parvo ham qilmadi. Erkak qiziga yordam so‘rab murojaat qilgach, u to‘qishni o‘rgatib qo‘ydi. Edning so‘zlariga ko‘ra, bu oson bo‘lmadi va avvaliga juda ham qiynalgan.

Birinchi bosh kiyimini to‘qish uchun uch soatdan ko‘proq vaqt ketdi. Biroq, biroz qo‘li kelishib qolgan erkak keyinchalik ularni bir yarim soatda tayyorlay boshlagan.

Ed shu paytga qadar ellikdan ortiq qalpoqchani to‘qib bitirdi. Bu esa pansionatda yashovchi boshqa kishilarni ham ilhomlantirib, yana 300ta shapochka yaratishda yordam berishlariga turtki bo‘ldi. 

Bu hali hammasi emas! Ed Mozli o‘z ishini davom ettirib, har oyda 30ta mitti qalpoqcha to‘qishni rejashtirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish