O‘zbekiston | 14:36 / 03.03.2021
25189
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston paxta yetishtiruvchi eng yirik davlatlar orasida oltinchi o‘rinni egalladi. Tegishli ma'lumotlar Research and Market saytida e'lon qilingan.

Foto: Kun.uz

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Hindiston, Xitoy, Pokiston va AQSh dunyoda paxta yetishtiruvchi eng yirik mamlakatlar hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar paxta mahsulotlarining katta qismini eksport qiladi, chunki o‘zida to‘qimachilik sanoati nisbatan past darajada rivojlangan. Osiyo davlatlari paxta yetishtirishda ustunlikni saqlab turibdi va paxtaning eng yirik iste'molchilari qatoriga kiradi.

So‘nggi yillarda ikki mamlakat - Vetnam va O‘zbekiston paxtaning yirik iste'molchilariga ham aylandi. Umuman olganda, yirik iste'molchi davlatlar sakkiztaligidan Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Turkiya, Vetnam joy olgan, O‘zbekiston esa 8-pog‘onani egallagan.

Biroq, O‘zbekiston tadqiqotda keltirilgan paxtani eksport qiluvchi sakkizta davlat qatoriga kira olmadi. Ushbu reyting yetakchilari orasida AQSh, Braziliya, Hindiston, Avstraliya, Benin va boshqa mamlakatlar bor. 

Tadqiqotga ko‘ra, jahon paxta bozori hajmi 2027 yilga kelib 46,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda, 2020 yildan 2027 yilgacha yillik o‘sish sur'ati 2,74 foizni tashkil etadi.

Mavzuga oid