Paxta hosilini sotib oliş va sotişning yangi tizimi şaffof, tölaqonli va adolatli işlaşini ta’minlaş, paxta xomaşyosi yetiştiruvçilarning manfaatdorligini oşiriş böyiça Respublika ştabining taklifiga köra:
Qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasining kredit resurslari hisobidan paxta-töqimaçilik klasterlari va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöygan korxonalarga fyuçers şartnomalari böyiça ortiqça yetiştirilgan paxta xomaşyosini yiğib oliş uçun kreditlar ajratiladi;
Kredit miqdori paxta xomaşyosi qiymatining 20 foizigaça, yillik 10 foiz stavkada (şundan bank marjasi – 2 foiz) 10 oy muddatga, şu jumladan uç oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng uluşlarda qaytariş şarti bilan beriladi.
Paxta xomaşyosi yetiştiriş va paxta yiğim-terimi xarajatlarini hamda paxta xomaşyosini xarid qilişning yakuniy hisob-kitobini kreditlaş töğrisidagi nizomga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.

















