O‘zbekiston | 21:27 / 03.05.2021
2688
2 daqiqa o‘qiladi

«Farg‘ona» KSZda yil yakuniga qadar elektromobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

2019 yilda dunyo bo‘yicha elektromobillar sotuvi 43 foizdan 3,24 mln donagacha ortgan. E'tiborlisi, 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli yengil avtomobillar sotuvi 14 foizga qisqargan.

O‘zbekiston ham ilk bor ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni kamroq, elektromobillarni esa ko‘proq keltirishni boshladi. Yil boshidan yurtimizga $17,5 mlnga avtomobillar olib kelindi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80 foizga kam demakdir. 

Bunda umumiy hajmda elektromobillar importi o‘sdi — $1,8 mlnga 91 ta elektromobil keltirilgan. 2020 yilning yanvar—mart oylarida, masalan, 13 ta elektromobil olib kelingandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga 131 ta elektromobil import qilingan ($ 2,9 mlnga), bu 2018 yilga  nisbatan 10 barobar (13 ta) va 2019 yilga nisbatan 3 barobar (39 ta) ko‘p.

2019 yilning sentabr oyida prezident Farg‘ona viloyatidagi «Qo‘qon» erkin iqtisodiyot zonasiga tashrif buyurgan edi. O‘shanda «Shaffof omadli sanoat» xususiy korxonasi xitoyning «Silk Road Company» kompaniyasi bilan birgalikda 2021 yildan elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlashi haqida aytilgan edi.

«Farg‘ona» kichik sanoat zonasida elektromobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi loyihasini «Central Asia Ceramic» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 520 mlrd so‘m qiymatga ega obektning ishga tushirilish vaqti 2021 yilning noyabr oyiga belgilangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 ming dona avtomobilga teng bo‘ladi. Shuning barobarida 350 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mavzuga oid