Farğona davlat universiteti zoolog olimlari Farğona vodiysi suv havzalaridan fan uçun yangi bölgan yalangbaliq turini aniqladi. Bu haqda Zootaxa jurnalida e’lon qilingan.

Dzihunia uruğiga mansub yangi yalangbaliq Katta Farğona kanalidan topilgan va unga dzihunia pseudoamudarjensis deb nom berilgan. Bu haqda tadqiqotçilar guruhi rahbari biolog-ixtiolog olim Baxtiyor Şeraliyev ma’lum qildi.

Qöşimça qilinişiça, Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston hududidagi daryolar yopiq suv havzasi hisoblanadi. Şu sababdan bu yerda hayvonot olami boşqa mintaqalardan alohidalanib qolgan va öziga xos tadrijiy yönalişda rivojlangan. Hozirgaça Özbekiston suv havzalarida yalangbaliqlarning 14 turi qayd etilgan va ularning deyarli barçasi mintaqa endemik turlari hisoblanadi.

Ma’lumot uçun, bungaça Farğona davlat universiteti ixtiolog olimlari tomonidan Özbekistonning Qirğiziston içidagi eksklav hududlari hisoblangan Şohimardon va Söx tumanidan triplophysa ferganaensis va triplophysa daryoae kabi yangi baliq turlari kaşf etilgan edi.