Jahon | 13:51 / 29.06.2023
15635
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik bojxonachilar O‘zbekistonga jo‘natilgan bananlar orasida 50 kg kokain topishdi

Giyohvand moddalar Afrikadan Yevropa davlatlari orqali O‘zbekistonga yuborilgan banan yuklangan konteynerga yashirilgan bo‘lgan. Uning qora bozordagi taxminiy qiymati 5,3 million dollardan oshadi.

Foto: Rossiya federal bojxona xizmati

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg portida bojxonachilar bananlar orasiga ustalik bilan joylashtirilgan 50 kg kokainni aniqlashdi. Bu haqda Federal bojxona xizmati xabar berdi.

Hujjatlarga ko‘ra, yuklar Afrika qit’asi davlatlaridan Yevropa orqali O‘zbekistonga turli dengiz kemalarida tranzit orqali kelgan. Narkotik modda bojxonachilar tomonidan konteynerni skanerlash chog‘ida aniqlangan.

Kontrabanda maxsus o‘ramlarda, muzlatkichli konteynerlardan birining qobig‘iga joylashtirilgandi. Tekshiruv natijasida plyonkaga qadoqlangan, oq kukun solingan 50 dona briket topilgan. Ekspertiza davomida ushbu modda kokain giyohvandlik moddasi ekani tasdiqlangan.

Topilgan stimulyatorning umumiy qiymati 5,3 million dollardan oshadi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Giyohvandlik vositalari kontrabandasi” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid