1991 yil avgust oyida SSSR parçalanib ketgaç Rossiya oğir vaziyatga tuşib qoladi. Hukumatda siyosiy inqiroz yuzaga keladi va Moskvaga harbiylar kiritiladi.

Bundan taşqari, Kavkazda çeçenlar mustaqil böliş uçun harakat boşlaşadi. Tarixga Birinçi Çeçen uruşi nomi bilan kirgan uruşda Rossiya armiyasi muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.

1991 yildan 1994 yilgaça davom etgan bu uruşda Rossiya çeçenlar bilan sulh tuzişga majbur böladi. Sulhga köra, Rossiya armiyasi Çeçenistondan töliq olib çiqiladi. Çeçenistonning kelajakdagi statusi 2001 yilgaça muzlatiladi.

Şu tariqa bir muddat Çeçeniston Moskva ta’sir doirasidan çiqadi. Biroq 1999 yilda Vladimir Putin Rossiya boş vaziri bölgaç çeçenlarni böysundiriş uçun Ikkinçi çeçen uruşini boşlaydi.

Ikkinçi Çeçen uruşida Rossiya armiyasining Çeçenistonga kiriş yönalişlari

Ikkinçi çeçen uruşida Rossiya armiyasi oğir yöqotişlar evaziga bölsa ham ğalaba qozonadi va Çeçeniston Rossiya tarkibiga qaytariladi.

Ikkinçi çeçen uruşi davom etar ekan, rossiyalik köplab jurnalistlar va jamoat faollari Rossiya harbiylari tinç aholini ham öldirayotgani va bu bilan harbiy jinoyatlar sodir etayotgani haqida bong urişardi.

Ana şunday harbiy jinoyatlardan biri 2000 yilda sodir böladi. Rossiya armiyasi podpolkovnigi Yuriy Budanov 18 yoşli çeçen qizni zörlab, söng öldiradi.

Yuriy Budanov Çeçenistondagi uruşda

Ojizaning zörlanişi va öldirilişi

2000 yil 26 mart kuni tunda Çeçenistonning Öris-Martan tumanida jangovar harakatlarda iştirok etayotgan 160-gvardiya polki komandiri Yuriy Budanov ştab boşliği Ivan Fyodorov bilan qizi tuğilgani munosabati bayram uyuştiradi.

Mast bölib qolgan bu ikki zobit uçta zirhlangan piyodalar jangovar maşinasini yaqin atrofdagi ovulga haydaşni buyuradi.

Katta leytenantlardan biri mast zobitlarning buyruğini bajarişdan boş tortadi. Şunda ular leytenantni döpposlab, çuqurga taşlaşadi.