Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida "Ajiniyaz" operasi namoyish etiladi
26 may kuni soat 18.00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrining "Ajiniyaz" operasi (3 aktli, 7 kartinali) namoyish etiladi.
Libretto muallifi - I.Yusupov - O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
Musiqa rahbari va dirijyor - Aida Abdullayeva - Qoraqalpog‘iston xalq artisti
Sahnalashtiruvchi rejissyor - Najimatdin Ansatbayev - O‘zbekiston xalq artisti, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori
Shuningdek, bosh rollar ijrochilari:
Ajiniyaz - Daribay Xojabergenov - Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, Aytbay Tajibayev
Pirim biy - Jyenisbek Piyazov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti,
Baxtiyar Abdenov
Xanzada - Roza Kutekeyeva, Eliza Aytniyazova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlari.