Light | 15:14 / 06.06.2016
25338
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyo tarixida 10 nafar eng badavlat ayol

Jamiyatda, aytish mumkinki, ayol va boylik bir-biridan uzoq tushunchadek tasavvur mavjud. Insoniyat boshlanganidan beri, mulkka egalik qilish huquqi faqatgina erkak kishiga tegishli ustunlik yoki imtiyozdek qabul qilingan. Ayni shu narsa ham, tarixda badavlat ayollar unchalik ham ko‘p emasligini izohlasa ajab emas. Ammo quyida keltiriladigan badavlat ayollar o‘nligi esa, dunyoning eng boy ayollari nomiga da'vogarlik qilishadi. 

10. Sharlen de Karvalo-Xeyneken

Har safar Heineken pivolarini ichar ekansiz, yodingizda tuting, siz ushbu golland xonimining boyishiga hissa qo‘shmoqdasiz. Uning boyligi 13 mlrd dollar atrofida baholanadi. Mashhur Freddi Xaynekenning yagona qizi otasining barcha pivo ishlab chiqarish imperiyasini meros sifatida qabul qilib olgan va uni yangi darajaga olib chiqishga erishdi. 

9. Enn Koks Chembers

Enn Koks Chembers o‘zining 15 mlrd dollarini mediamagnat sifatida ishlab topgan. Enn AQShning eng yirik kabel televideniyesi Cox Enterprises asoschisining merosxo‘ridir. 

8. Yan Xuiyan

Xitoyning Country Garden kompaniyasining bosh sarmoyadori o‘z navbatida Xitoyning eng boy ayoli hisoblanadi. U provinsiyalik mulozimning o‘g‘liga turmushga chiqqaniga qaramay, 16 mlrd dollarlik kapitalni boshqarishning uddasidan chiqmoqda. 

7. Syuzen Klatten

Germaniyaning eng boy ayoli o‘zining 17,4 milliard dollarlik xazinasining asosiy qismini BMW avtomobillarini sotishdan ishlab topgan. Klatten avtomobil ishlab chiqaruvchilarining 12,6 foiz aksiyasini otasi Gerbert Kvandtdan xarid qilgan. Bundan tashqari, Klatten farmatsevtika, muqobil energetika va ekologiya sohasidagi bir nechta korxonalarga ham sarmoya kiritgan.

6. Lilian Betankur

L'Oreal imperiyasining merosxo‘ri Lilian Betankurning boyligini astronomik qiymat, deyish noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning boyligi naq 40 milliard dollarga baholanadi. Ammo bu mablag‘larni Betankur oilasining bir necha ajdodi kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish orqali to‘plagan. 

5. Izabella Kastilskaya

Kastiliya qirolichasi, odatda, har doim tarixiy eng badavlat ayollar ro‘yxatiga kiradi. U, o‘zining boshqaruvi mobaynida, shaxsiy va davlat xazinasini tasavvur qilib bo‘lmas darajada ko‘paytirishning uddasidan chiqqan. Kastiliya qirolichasi, bir yilda bir yarim million oltin dukat miqdorida daromad ko‘rgan. 

4. Kleopatra

Kleopatra, Yuliy Tsezar va Mark Antoniy kabi o‘z davri dunyosining yetakchilari bilan aloqalari bilan tarixda qolgan. Ammo, jahon tarixidagi eng taniqli hukmdor-ayollardan biri eng badavlat ayollardan ham biri edi. Kleopatra, bugungi kun me'yori bilan hisoblaganda, salkam 100 mlrd dollarlik boylikka egalik qilgan. 

3. Yekaterina Buyuk

Yekaterina Buyuk laqabi nafaqat uning siyosiy qudratiga dalolat qiladi, balki uning boyligidan ham darak beradi. Uning boyligi, bugungi kunda oz emas, ko‘p emas, naq bir yarim trln dollarni tashkil etgan bo‘lar edi. Yekaterina Buyukning mutlaq monarxiyasi, uni butun boshli bir mamlakatning asl egasiga aylantirgandi. 

2. Xatshepsut

Xatshepsut Misr Fir'avnining turmush o‘rtog‘i sifatida mamlakatni boshqarishi uchun jiddiy ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. U, o‘zining taxtga o‘tirishini "Yaratgan"ning inoyati ekaniga qo‘l ostidagilarni ishontirishga majbur bo‘lgan. Axir, yiliga 2 mlrd dollar daromad keltirgan oltin konlari egasiga kim qarshilik qila olar edi?!

1. Imperator ayol-Vu

Xitoylik imperator ayol, o‘z davrining ikki monarxini yakson etish bilan  Chin hokimiyatini qo‘lga kiritgan. Makkorliklar va qotilliklar vositasida, u dunyo tarixidagi eng badavlat ayol bo‘la oldi. Uning boshqaruvidagi Xitoy dunyoning eng boy davlatiga aylandi, o‘zi esa, bugungi kunda ham hisoblab bo‘lmas boylik sohibasi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish