“Lukoyl”ga nisbatan narxlarni sun’iy oshirish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi birjaga texnik oltingugurt mahsulotlarini nomuvofiq joylashtirgan. Buning oqibatida narx o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha sun’iy ravishda qimmatlashgan.
«Lukoyl» kompaniyasining oltingugurt narxini sun’iy ravishda oshirishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
“Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlandi. Bu birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlarining o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
01:16 / 20.11.2024
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
17:05 / 02.11.2024