2024 yilning 10 oyi davomida 2205 ta biologik qöşimça reklamasi muvofiqligini tekşiriş uçun örganiş ötkazilgan. Bu haqda Raqobat qömitasi ma’lum qildi. Örganişga köra, 328 ta holatda reklama qonunçiligiga nomuvofiqlik aniqlangan. Qonunbuziliş holatlarini ixtiyoriy bartaraf etmagan xöjalik yurituvçi sub’yektlarga nisbatan iş qözğatilgan.

Ma’lum bölişiça, Andijon viloyatining “Taraqqiyot TV” telekanali orqali “Qomus qapsulalari” BFQ reklamasi çalğituvçi va börttiruvçi iboralar bilan berilgan. Kanaldan mahsulot reklamasi olib taşlanib, teleradiokompaniyaga nisbatan iş qözğatilgan.

Şuningdek, Toşkent şahrida “Jit Zdorovo” gazetasida çop etilgan “Neofleks” BFQ reklamasida ham qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. “PAKSTAMPA” MÇJga jarima belgilanib, mas’ullarga nisbatan ma’muriy çoralar körilgan.

Namangan viloyati “Mahalla” telekanali orqali “Fito-Plyus” va “Gemorroid” mahsulotlari reklamasi börttiruvçi va çalğituvçi iboralar asosida efirga uzatilgani aniqlangan. Hududiy boşqarmaning tegişli körsatmasiga köra BFQlarning yangi reklamasi efirga uzatilib, oldingi reklamaga raddiya berilgan.

Bundan taşqari, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududida ham turli Telegram-kanallari (“Sirdaryo moshina bozor”, “Gulistonliklar Rasmiy”, “Guliston Olx Sirdaryo”, “Samarqandliklar_Samarqand24”, “Samarqand100”, “Nurobod OLX” ) orqali BFQning (“Gemoroydan xalos etuvchi”, “Disaar”, “Stop diabet-No diabet”) qonunga zid reklamalari tarqatilgani aniqlangan. Qömita kanal adminlariga tuşuntiriş va ogohlantiriş berilgani va reklama materiallari kanallardan olib taşlanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uçun, BFQ kasalliklarni davolovçi vosita emas.