AQShning uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalari yordamida Rossiya hududiga berilgan ilk zarbalar Moskva birjasidagi aksiyalar kotirovkasi, davlat obligatsiyalari va rubl kursining «keskin qulashi»ga olib keldi, deb xabar beradi The Moscow Times.

19 noyabr kungi savdolar yakuni bo‘yicha ellikta yirik Rossiya kompaniyasining qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga olgan Moskva birjasi indeksi 3,32 foizga, 2640,5 bandgacha quladi. Mazkur qulash so‘nggi ikki yil ichidagi ikkinchi yirik holat bo‘lib, bu indeks kapitalizatsiyasidan 179 milliard rublni kesib tashladi.

Aksiyalarning dollar qiymatini kuzatib boruvchi Rs indeksi qariyb 2 milliard dollar yoki 3,43 foiz kapitalizatsiyasidan ayrildi. Savdolar yakunlangan vaqtda uning ko‘rsatkichi 828,38 bandni tashkil etdi — bu urush boshlangan kundan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Birjada ko‘tarilayotgan aksiyalar deyarli qolmadi. Xususan, «Sber» aksiyalari 3,3 foizga, «Gazprom» — 3 foizga, «Rosneft» — 2,9 foizga quladi. «Severstal»ning qimmatli qog‘ozlari 3,7 foizga, «Mechel» — 4,1 foizga, «Rostarmoqlari» — 5,2 foizga tushib ketdi.

Rossiya Markaziy bankining dollarga nisbatan rasmiy kursi bir yil ichida birinchi marta 100 rubldan oshdi, foreksda esa u 101,1 rublga chiqdi. Federal zayom obligatsiyalari kotirovkasini kuzatuvchi RGBI indeksi ham qulashni boshladi va 0,82 foiz yo‘qotdi.

«Veles Kapital» tahlilchisi Yelena Kojuxovaning ta’kidlashicha, bozor «ortib borayotgan geosiyosiy xatarlarga» javob qaytarmoqda. Yakshanba kuni AQSh ilk bor Ukrainaga Rossiya ichkasiga ATACMS raketalari yordamida zarba yo‘llashga ruxsat berdi va seshanba kechasi hujum amalga oshirildi — Bryansk oblastidagi harbiy baza nishonga aylandi. Kreml bunga yangi yadroviy doktrinani tasdiqlash bilan javob qaytardi. Ushbu doktrina de-fakto Ukrainaga yadroviy zarba yo‘llashga