Mountain Dew «yo‘ltanlamaslar» poygalarida

Foto: Kun.uz
Mountain Dew 4x4 g‘ildirak formulali avtomashinalar sohiblariga unutilmas hislarni taqdim etdi. Aniqrog‘i, ushbu brend homiyligida yo‘ltanlamas avtoulovlar ishtirokidagi OFFROAD MIX CHALLENGE havaskor poygachilar musobaqasi o‘tkazildi.
Bu shunchaki poyga emas, avtomobil ishqibozlari uchun mislsiz maroq, ko‘tarinki ruh va zavq-shavq bag‘ishlagan kun sifatida yodda qoldi.
Musobaqada bir vaqtning o‘zida bir nechta tarkibiy qismlar - trial jipi, sprint jipi va GPS mo‘ljal kabilar qamrab olindi. Tadbir maxsus tayyorlangan, signal lentasi bilan o‘ralgan va bir nechta bo‘limlarga bo‘lingan yopiq trassada o‘tkazildi. Ishtirokchilar esa layt va ekstrim toifasiga bo‘lindi.
Bu kabi yorqin va o‘ziga xos tadbirlar brendning asosiy g‘oyalari targ‘ibotida muhim ahamiyatga ega. Sir emaski, Yevropada mashhur ichimlik sanaladigan Mountain Dew mamlakatimiz bozoriga yaqinda kirib kelgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida o‘z xaridorlarini topib ulgurdi. Brend yoshlik, do‘stlik va sarguzashtlar ramzi sifatida iste’molchilar ko‘nglidan tobora chuqurroq joy egallab bormoqda. Poyga mavzusi ham ana shu yo‘nalishga to‘liq mos keladi.
Eng muhimi, brend ushbu turdagi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, sport avtoturizmini ommalashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sog‘lom va faol turmush tarzini targ‘ib qilish, sportchilarning texnik-taktik mahoratini oshirish, eng kuchli sportchilarni aniqlash va ular orasida o‘zaro tajriba almashinuvini rag‘batlantirishga baholiqudrat hissa qo‘shmoqda.
Tadbir doirasida, shuningdek, Mountain Dew brendi Toyota land cruiser 70 avtomobilida ishtirok etgan poygachilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu avtomobil ekstrim toifada qatnashib, poygalarda faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Bu natija ramziy ma’noda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning ajoyib boshlanishi bo‘ldi, deyish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43