Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
Temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan haydovchi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushgan, natijada harakatlanib ketgan avtobus uni oldindagi transportga qisib qo‘ygan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Sergeli tumanida avtobus haydovchisi bilan baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi.
Ma’lum bo‘lishicha, 20 dekabr kuni soat 16:56 atrofida 55-yo‘nalishda harakatlanadigan Yutong avtobusi haydovchisi I.A (1970 yilda tug‘ilgan, staji 35 yil) avtobusni Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib temiryo‘l kesishmasida poyezd o‘tayotgani sababli to‘xtatib turgan.
Shu vaqtda uning orqasida to‘xtab turgan 126-yo‘nalishdagi Yutong avtobus haydovchisi E.R (1988 yilda tug‘ilgan, staji 17 yil) avtobusni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib uning oldiga o‘tgan. Shu paytda avtobus o‘z inersiyasi bilan yurib ketib, haydovchini siqib qo‘ygan.
Kompaniyaga ko‘ra, mazkur baxtsiz hodisa haydovchi E.R.ning ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lgan va u voqea joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu hodisa IIBB Tergov bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
09:29 / 24.12.2025
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
15:38 / 22.12.2025