11:34 / 27.01.2022
46845

12 bosh kurka bolasini pora sifatida olayotganda ushlangan mudofaa bo‘limi boshlig‘iga qanday jazo tayinlangani ma’lum bo‘ldi

Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i Otabek Yodgorovga qanday jazo tayinlanganligi ma’lum bo‘ldi. U 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolasini pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushgandi.

Foto: Kun.uz

Otabek Yodgorovga oid ishni ko‘rib chiqqan harbiy sud unga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Jazoni manzil koloniyalarida o‘tash belgilangan.

O‘tgan yilning sentyabrida 45 yoshli podpolkovnik o‘zga bir fuqaroni aldab, uni viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirgani uchun 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolasini olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan ushlangandi.

Kecha, 26 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim qilgan hisobotda 2021 yilda davomida davlat organlari va tashkilotlarida ishlovchi 3050 nafar xodim tomonidan 4 186 ta holatda korrupsion jinoyatlar sodir etilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid
Top