IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari bilan hamkorlikda 29 aprel kuni Toşkent viloyatining Zangiota tumanida yer sotiş bilan boğliq firibgarlik va pora berişga oid jinoyatni foş etdi.
Qayd qilinişiça, 1985 yilda tuğilgan «Çirçiq şağal saralaş» direktori, 1981 yilda tuğilgan fuqaroga Toşkent viloyati, Yuqori Çirçiq tumani, hududida ğallaçilik-çorvaçilik yönalişida ajratilgan 260 gektar böş yer maydonini 400 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan. Uşbu şaxs hujjatlarini kadastr idoralarida işlovçi tanişlari orqali pul evaziga tayyorlab berişni va’da qilib, oldindan bönak tariqasida 40 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi (Pora beriş) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.












