11:45 / 30.08.2018
46619

Tojikiston prezidenti Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov, Zokirjon Almatov, Ismoil Jo‘rabekov va Sherali Jo‘rayevni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bir guruh O‘zbekiston fuqarolarini Tojikiston davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Bu haqda Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2-darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan;

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 1-darajali "Sharaf" ordeni bilan;

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi - Zokirjon Almatov, Samarqanddagi tojik milliy madaniyat markazi rahbari - Abduvahob Vohidov, suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi - Ismoil Jo‘rabekov, “Ovozi tojik” gazetasi bo‘lim mudiri - To‘xtamish To‘xtayev hamda Buxoro davlat universiteti professori - Tavakkal Choriyev «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Sherali Jo‘rayev va Mavluda Xalilovalar “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev bir guruh tojikistonlik amaldor va san'at arboblarini mukofotlagani xabar berilgandi.

Top