Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev bir guruh tojikistonlik amaldor va san'at arboblarini mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sog‘liqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilingan.
Qardosh O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma'naviy qadriyat va an'analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va ko‘p tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlandi:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Qohir Rasulzoda - Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri
Sirojiddin Muhriddin - Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi
Tashpulat Gulmurodov - Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri
«Do‘stlik» ordeni bilan
Ali Muhammadiyev - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar merosi fondining bo‘lim mudiri
Iftixor Shirindjonovich Djurayev - Tojikiston Respublikasi Geodeziya va yer boshqaruvi davlat qo‘mitasining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshlig‘i
Raxim Marupov - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi
Hasan Berdiqulov - Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan
Adham Xoliqov - «S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri» davlat muassasasi badiiy rahbari
Davlat Xolov - Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Falak» davlat ansambli badiiy rahbari
Mavzuga oid
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
20:09 / 03.03.2026