11:16 / 30.04.2019
36133

O‘zbekistonlik taksichi Moskvada taniqli gimnastikachiga hujum qildi

Foto: Ruslan Krivobok / RIA Novosti

Moskvada o‘zbekistonlik taksichi badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya sport ustasini zo‘rlashga urindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 27 aprelga o‘tar tunda taksi haydovchisi sportchiga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirishga harakat qilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olishdi.

Qiz avtomobilni o‘z vaqtida tark etishga ulgurgani uchun jabrlanmagan. Biroq u salonda sumkasini qoldirgan, haydovchi uni o‘zi bilan olib ketishga qaror qilib, 30 ming rubllik o‘g‘irlikni sodir etgan.

Erkak kishiga «zo‘rlashga suiqasd qilish» va «o‘g‘irlik» moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Qayd etilishicha, qiz BostonCup xalqaro musobaqasining mutlaq chempioni, Rossiya jamoaviy birinchiligi sovrindori hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top