Moskvaning Zamoskvoretsk tuman sudi qarori bilan Moskva madaniyat departamenti sobiq rahbari Aleksandr Kibovskiy 16 sentabrgaça tergov izolyatoriga jönatildi. Bu haqda 17 iyul, çorşanba kuni keçqurun “Mediazona” internet naşri xabar berdi.
Avvalroq, 17 iyul kuni tuşdan keyin Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi (TQ) matbuot xizmati mansabdor şaxsning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning aniqlik kiritişiça, Kibovskiy 8 ta pora oliş (Jinoyat kodeksi 290-moddasi 6-qismi) va firibgarlikka uriniş böyiça (Jinoyat kodeksi 30-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 4-qismi) bitta epizod böyiça ayblangan.
“Tergov ma’lumotlariga köra, Kibovskiy pora evaziga tijorat taşkilotlariga davlat şartnomalarini tuzişda yordam bergan, şu bilan birga u uyuşgan guruh tarkibiga kirgan”, - deyiladi press-relizda.
Aleksandr Kibovskiyning davlat xizmati
Aleksandr Kibovskiy 2015 yil martidan 2023 yil sentabriga qadar Moskva madaniyat boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. Bungaça 2010 yil noyabridan 2015 yilgaça şahar madaniy meros bölimiga rahbarlik qilgan. 2008 yildan 2010 yilgaça Kibovskiy Madaniy merosni muhofaza qiliş sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini nazorat qiliş federal xizmati (Rosoxrankultura)ni boşqargan. 2006 yildan 2008 yilgaça u Rossiya hukumati ommaviy kommunikatsiyalar, madaniyat va ta’lim bölimi boşliğining örinbosari bölgan.
“RBK” internet naşrining eslatişiça, Aleksandr Kibovskiy Rossiya Federatsiyasi 2-darajali davlat maslahatçisi, Rossiyada xizmat körsatgan san’at arbobi, II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan.
















