Çorşanba kuni erta tongda Moskva şahridagi turar joy binosi hovlisida Toyota Land Cruiser rusumli avtomobil portlatib yuborildi. OAV maşinada Rossiya mudofaa vazirligi ofitseri bölgan bölişi mumkinligi haqida xabar berdi. Boşqa versiya ham bor: sun’iy aloqa radiomarkazi boşliği örinbosari Andrey Torgaşovning bu avtomobilga aloqasi yöq, uning adaşining avtomobili portlagan, ammo u ham harbiy.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan foto va videolarga köra, portlaş köp qavatli turar joy binosi hovlisida röy bergan. OAV rulga ötirgan erkak oğir jarohatlangani, ikki oyoği uzilib tuşgani, uning rafiqasining yuzida tilingan jarohatlar borligi haqida xabar bergan. NTV telekanaliga köra, yöltanlamas maşina unga er-xotin kelib ötirganida, soat 6:30 atrofida portlab ketgan. Videoda ham şunday kartinani köriş mumkin.
GRU ofitseri portlatilgani töğrisidagi versiya
«Kommersant» gazetasi ma’lumot manbasini keltirmagan holda Moskva şimolida avtomobil portlatilişi oqibatida jabrlangan şaxs «GRUda xizmat qilişi va öz qismida aloqa vositalariga mas’ul» ekani haqida yozdi.
Bu versiyani birinçi bölib Astra telegram-kanali e’lon qildi. Kanaldagi postda portlatilgan Toyota Land Cruiser rusumli jip Moskva oblastidagi harbiy qismning radiostansiyasi boşliği örinbosari Andrey Torgaşovga tegişli ekani aytilgan.
Keyinroq bu familiya TASS davlat agentligi xabarida ham keldi. Uning ma’lumotiga köra, avtomobil çindan ham harbiy xizmatçi Torgaşov va uning rafiqasiga tegişli bölgan, ularning ikkisi ham jarohatlangan.
Içki işlar vazirligi avtomobilga örnatilgan «noma’lum predmet detonatsiyaga uçragani» va ikki kişi jarohat olgani haqida xabar qilgan. Rossiya Tergov qömitasi hodisa Sinyavinskaya köçasida röy berganini tasdiqlagan (qömitaning ertalabki press-relizida «portlaş» sözi işlatilmagan).
«Kommersant»ga köra, «jabrlanuvçining şaxsidan kelib çiqqan holda» tergovçilar boşqa versiyalar qatori «Ukraina maxsus xizmatlari va ularning josuslari harakati» bilan boğliq versiyani ham örganmoqda.
TASS manbasi tergovçilar Toyota Land Cruiser potlaşi bilan boğliq bir neça versiyani körib çiqayotganini xabar qilgan. «Ulardan biriga köra, portlaş transport vositasining kasbiy faoliyati bilan boğliq», — degan agentlik suhbatdoşi. TASS Torgaşovni «maxsus harbiy amaliyot» (Ukrainadagi uruş) iştirokçisi deb atagan.













